“ECCUM — Establishment of Computing Centres and Curriculum Development in Mathematical Engineering Master program” loyihasining ilk uchrashuvida to’g’risida

Loyihaning ilk uchrashuvi Ispaniya davlatining Galitsiya regioni markazi bo’lgan Santiago de Kompostela shahridagi Santiago de Kompostela universitetining Matematika fakulteti binosida  01.02.2016 – 02.02.2016 kunlari bo’lib o’tdi.

DSCF6706

Uchrashuv ertalab 10:00 da boshlandi. Uchrashuv “ECCUM — Establishment of Computing Centres and Curriculum Development in Mathematical Engineering Master program” loyihasida qatnashuvchi universitet vakillari bilan uchrashish bilan boshlandi. Uchrashuvda Italiyaning Turin Politexnika universitetidan Dr. Emilio Musso, Sloveniyaning Primorsk universitetidan xalqaro aloqalar bo’limi vakili Ales Oven, Qozog’istonning Xalqaro Informatsion Texnologiyalar Universitetidan universitet rektori  Shinnybekov Damir, universitet xalqaro aloqalari bo’limi boshlig’i Zakirova Gulnara, universitet professor o’qituvchisi Bektemysova Gulnaralar qatnashdilar. Shuningdek O’zbekistonning Buxoro Muhandislik Texnologiya Institutidan o’quv ishlar bo’yicha prorektori Qahramon Olimov, fakultet dekani Razzaqov Shavkat, Toshkent Turin Politexnika universitetidan xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i Farhod Niyazov, universitet professori Husanov Kosim, Urganch davlat universiteidan ilmiy ishlar bo’yicha prorektor Ikram Abdullaev,  Fizika Matematika fakulteti o’qituvchisi Karimov Umid  va boshqalar qatnashdilar nami sex game pornskill.

Uchrashuvni Santiago de Kompostela universiteti rektori Xuan Biano Rey ochib berdi va qatnashuvchilarni qutladi. So’ngra Santiago de Kompostela universiteti prorektori universiteti prorektori Almudena Hospido Quintana universitet haqida, uning imkoniyatlari va xalqaro aloqalari to’g’risida taqdimot qildi. So’ngra matematika fakulteti dekani Victoria Otero Espinar ham mehmonlarni qutlab fakultet to’g’risida ma’lumot berdi. SHundan keyin kunning asosiy masalasiga, yani ECCUM loyihasining birinchi yilda qilinishi lozim bo’lgan ishlar taqdimotiga o’tildi.

Loyihaning ushbu birinchi uchrashuvining madsad va vaziflari to’g’risida Karimov Umid taqdimot qildi. Loyiha to’g’rida tayyorlangan tarqatma materiallar qatnashuvchilarga tarqatildi. Taqdimotdan keyin Santiago de Kompostela universiteti xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i Enrike Lopez Veloso so’zga chiqib, loyihaning moliyaviy tomonlari bo’yicha ma’lumot berib o’tdi. Qatnashuvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojat qildilar. So’ngra kun tartibiga asosan Karimov Umid  loyihaning birinchi yili rejasi to’g’risida taqdimot qildi. Qatnashuvchilar o’z fikrlarini aytib loyihaning yanada muvaffaqiyatli bajarishi uchun qo’shimcha qanday ishlar qilish to’g’risida fikr bildirdilar. Keyin yig’ilish qatnashchilari tushlik qilish uchun mezbonlar bilan mehmonxona oshxonasiga yo’l oldilar.

Tushlikdan keyin loyihadagi har bir qatnashuvchi o’z universiteti to’g’risida taqdimot qilib, qatnashuvchilar savollariga javob berdilar. Shu bilan yig’ilishning birinchi kuni yakunlandi. Kun so’ngida mehmonlar mehmonxona qaytdilar.

Yig’ilishining ikkinchi kuni Italiyalik professor Emilio Mussoning dunyodagi universitetlarda mavjud magistratura o’quv dasturlari to’g’risida taqdimot qildi. U o’z taqdimotida 5 ta universitetning magistratura yo’nalishining o’quv rejasi, unga qo’yilgan talablar haqida gapirib o’tdi. Bu ma’lumotlar loyihaning asosiy maqsadi bo’lgan “Matematik Injeneriya” yo’nalishini ochish bo’yicha boy tassavvurga ega bo’ldilar.

Professor Emilio Musso taqdimotidan keyin Santiago de Kompostela universiteti professori, magistratura bo’limi boshlig’i Elena Vazquez Cendon universitetda mavjud ishlab chiqarish sohasiga bog’liq magistratura haqida gapirib o’tdi. Uning taqdimotidan keyin Farxod Niyozov matematika, fizika va injeneriya sohasi professor-o’qituvchilariga ingliz tilini o’qitish bo’yicha rejasini taklif qildi. So’ngra, loyihada qatnashuvchi Qozog’iston va O’zbekistondagi universitet vakillari ishlab chiqarish korxonalari rahbarlari va ishchilari uchun tuzilgan so’rovnomalarni taqdim qildilar.

So’rovnoma taqdimotidan so’ng Ales Oven loyiha veb saytining dastlabki nusxasini qatnashuvchilar e’tiboriga taqdim qildi. Ales Oven taqdimotidan so’ng mehmonlar tushlik qilish uchun mehmonxona oshxonasiga yo’l oldilar. Tushlikdan keyin, Galiciyaning CESGA hisoblash markaziga tashrif buyurdik. U erda markaz xodimlari Fernando Bouzas, Andrea Gomezlar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda qatnashuvchilar superkompyuterlar haqida qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Uchrashuv yakuni yana matematika fakultetida bo’lib o’tdi. Uchrashuv yakunida loyiha kordinatori Oskar Lopez barcha qatnashuvchilarga minnatdorchilik bildirdi.

DSCF6696DSCF6697DSCF6702DSCF6703DSCF6710DSCF6715DSCF6718DSCF6729DSCF6731DSCF6734

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *