27-28 iyun sanasida Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti filialida Evropa ittifoqi Erasmus+ dasturining ECCUM loyihasi qatnashuvchilarining kvartallik uchrashuvi bo`lib o`tdi.

ECCUM – bu matematik muhandislik bo`yicha magistratura o`quv dasturlarini ishlab chiqish va hisoblash markazlarini yaratish bo`yicha loyiha hisoblanadi.

Ushbu loyiha matematik muhandislikni o`rgatish, fakultetlararo magistrlik dasturlarini yaratishga asoslangan bo`lib, bu loyiha oliy ta`lim muassasalari potentsialini oshishiga va bu orqali xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga turtqi bo`ladi. Har bir hamkor davlatda bu yo`nalishda mahalliy talab va ehtiyojlarni tahlil etish oliy ta`lim sifati va dolzarbligini oshiradi. Ishlab chiqilgan dastur ta`lim jarayoniga Boloniya protsessi parametrlarini qo`llashga mos tushadi. Loyiha natijalarini targ`iboti hamkor mamlakatlarda industrial-innovatsion rivojlanishga turtqi beradi, chunki muhandislik atrof-muhit mukammallashuviga olib keladi va yaratuvchanlik san`ati hisoblanadi.

Grant oluvchi hamkor universitet: Santiago de Kompostella Universiteti (Ispaniya) hisoblanadi.

Evropa ittifoqi tomonidan hamkor universitetlar: Turin politexnika universiteti (Italiya), Primorska universiteti (Sloveniya), Superkompyuter markazi (Ispaniya).

O`zbekistondan hamkorlar: Urganch Davlat universiteti (UrGU), Turin politexnika Universiteti Toshkent filiali (TTPU), Buxoro muhandislik-texnologiya instituti (BMTI), Fizika-texnika instituti, O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, OAO SP «General Motors Powertrain Uzbekistan», NGO KRASS.

Hamda Qozog`istondan hamkorlar: A. Baytursinova nomidagi Kostanay Davlat universiteti, Xalqaro informatsion texnologiyalar universiteti, Qozog`iston Respublikasi ta`lim va ilm vazirligi va boshqalar.

IMG_20160627_162436 IMG_20160627_162504 IMG_20160627_162507 IMG_20160627_162509 IMG_20160627_162513 IMG_20160627_174837

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *