ECCUM: Matematik injinering mutaxassisligi bo’yicha magistrlik o’quv dasturlarini ishlab chiqish va kompyuter (hisoblash) markazlarini yaratish
Muddat: 36 oy (15/10/2015-14/10/2018)
Loyiha maqsadi: Muhandislik-matematikasi mashinasozlik, avia-kosmik texnikadan to elektronikagacha, mashinasozlikdan to informatikagacha bo’lgan barcha soxalarning asosida yotadi.
Loyihani asoslab berilishi:
— O’zbekiston va Qozog’iston iqtisodiy, ishlab chiqarish potencialini barqarorlashtirish maqsadida yuqori texnologiyalarni ishlatish zaruriyati;
— mutaxassislarni etishmasligi, mavjud mos texnologiyalar haqida ma’lumotga ega emaslik;
— matematika bo’yicha mavjud o’quv dasturlarida amaliy natijalarning etishmasligi;
— bu sohada o’qituvchilarini hamkorligi uchun platformaning mavjud emasligi;
— oliy o’quv yurtlari, ishlab-chiqarish va ilmiy-tekshirish institutlari orasida o’zaro hamkorlikning etishmasligi ilmiy izlanishlarini amalda qo’llash samaradorligini kamaytiradi va natijaja raqobatbardosh mutaxassisliarni tayyorlashni susaytiradi.
Kutilayotgan natijalar: matematik muhandislik bo’yicha fakulьtetlararo magistrlik dasturini (kvalifikaciyalar deskriptori, o’quv dasturi, o’quv rejasi) yaratish; har bir hamkor davlat universitetlarida hisoblash markazlarini yaratish; kasbiy rivojlanish, masofaviy o’qitishni tashkil etish maqsadida loyihaga kirmagan qiziquvchilar uchun (oliy o’quv yurtlari, kompaniyalar, olimlar) hamkorlikda faoliyat ko’rsatish imkonini beruvchi veb-platforma yaratish; izlanishlar va o’qitishda hamkorlik.
Magistirlik dasturida yaratilgan kurslarning 30% ingliz tilida o’tilishi rejalashtirilgan; yangi dasturiy ta’minotni qo’llash va shu bilan bog’liq o’qituvchilarni yangi dasturlar bilan ishlashga o’rgatish, shu bilan birga ingliz tilida yangi pedagogik texnologiyalar orqali o’qitishni tashkil etish. Evropa ittifoqi tajribalarini matematik muhandislikka qo’llash, fanlararo dasturni ishlab chiqish halqaro hamkorlik borasida oliy o’quv yurti potencialini oshiradi. Har bir hamkor davlatda mahalliy qiziquvchi tomonlar ehtiyojini va oliy ta’lim aktualligini tahlil etish. Ishlab chiqilgan dastur Bolonya jarayoni tamoyillarini amalga oshirishda yordam beradi. Loyihani keng ta’siri hamkor-davlatlarning industrial-innovacion rivojlanishiga yordam beradi, chunki «injinering» atrof-muhitni yaratish va mukammallashtirish san’ati hisoblanadi.
Grant oluvchi: Santyago De Kompostella Universiteti (Ispaniya)
Evropa hamkorlari:

  • Turin politexnika universiteti (Italiya),
  • Primorska Universiteti (Sloveniya)
  • Fundacion Publice Gallega Centro Technologico (Ispaniya)
Hamkor davlatlar universitetlari nomlanishi:
Qozog’iston:

  • Kostanay Davlat universiteti;
  • Informacion texnologiyalar halqaro universiteti, IICT;
  • OAO «Milliy IT»;
  • Ta’lim va ilm vazirligi;
  • Xo’jalik faoliyati yuritish huquqiga ega bo’lgan Davlat korxonalari;
  • Associaciyalarga birlashtirilgan yuridik shaxslar;
  • Engil sanoat korxonalari associaciyasi;
  • «Digital» mas’uliyati cheklangan jamiyat;
O’zbekiston:

  • Urgench Davlat universiteti (UrGU);
  • Turin politexnika universitetining Toshkentdagi filiali (TurPU Tashkent filiali);
  • Buxoro muhandislik-texnologiya instituti (BMTI);
  • Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi;
  • Fizika-texnika instituti;
  • OAO General Motors Powertrain-Uzbekistan;
  • NGO Kross